AsosiyJamiyat

Samarqandda Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko`chalarda avtomobillar harakati cheklanadi

'Samarqandda Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko`chalarda avtomobillar harakati cheklanadi'ning rasmi

Samarqand shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko`chalarda transport vositalarining harakati 5 yanvarga qadar vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar hokimining Yangi yil bayramini yuqori saviyada o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish, "Prezident archasi" tadbirini tashkil etish yuzasidan tegishli farmoyishi qabul qilingan. Unga ko`ra, shaharning quyidagi ko`chalarida 2023 yilning 5 yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:

Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko`chasi va Ko`ksaroy maydonida;

  • Alisher Navoiy va Kamol ota Turk ko`chasi kesishmasida;
  • Beruniy ko`chasining Rudakiy ko`chasi bilan kesishgan qismidan Temiryo`l vokzali maydonigacha;
  • Turkiston ko`chasining TATU Samarqand filiali akademik liseyi binosi oldidan o`tgan 200 metr qismida;
  • Kimyogarlar qo`rg`oni Umid ko`chasining Ziyokorlar ko`chasi bilan kesishgan tutashmasidan Darg`om ko`chasigacha bo`lgan qismida;
  • Kimyogarlar qo`rg`oni Darg`om ko`chasining «Nurafshon» san`at saroyi oldidan o`tgan qismida;
  • Xishrav qo`rg`oni Zakovat ko`chasining Almati ko`chasi bilan kesishmasidan Mevali ko`chasigacha bo`lgan qismida;
  • Xishrav qo`rg`oni Zakovat ko`chasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o`tgan qismida;
  • Farhod qo`rg`onidagi «Zarafshon» istirohat bog`iga tutash ko`chalarda;
  • Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan o`tuvchi tutash ko`chalarda.

    Boshqa yangiliklar