22 dekabr kuni O`zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishi bo`yicha ilk tijoriy reysni amalga oshirdi.
O`zbekiston Airports AJ xabariga ko`ra, 144 yo`lovchidan iborat Airbus A320 havo kemasi samolyoti mahalliy vaqt bilan 22 dekabr kuni soat 21:50 da belgilangan aeroportga uchib ketdi.
Samolyot, poytaxtning xalqaro aeroportidan jo`nab ketishidan avval, birinchi reysning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
2021 yilda tashkil etilgan “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi O`zbekiston, shuningdek, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yo`lovchi havo tashishlarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Toshkent — Moskva yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






