AsosiyJamiyat

COVIDning og`ir ko`rinishi inson miyasini qaritishi mumkin

'COVIDning og`ir ko`rinishi inson miyasini qaritishi mumkin'ning rasmi

Garvard universiteti mutaxassislari tomonidan COVID virusiga chalingan va chalinmagan insonlardan iborat 54 kishilik guruhda tekshiruv o`tkazildi.

Otopsiyalar natijasida kasallikning miyada ko`rsatgan ta`sirlari qarishga o`xshashligi kuzatildi. Tadqiqot mualliflari, o`z ishlarini COVID-19'ni miya qarishining molekulyar ishoralariga bog`lagan ilk tadqiqot ekanligini ma`lum qildi. 

Garvard universitetidan aholi salomatligi bo`yicha mutaxassis Jonatan Li "COVID-19 sababli o`lgan bemorlarning miya to`qimasidagi genlar ifodasining, infeksiya yuqtirmagan 71 va undan yuqori yoshlilardagiga juda ham o`xshashligini kuzatdik", — deya ta`kidladi. 

Yigirma yoshdan to sakson yoshgacha bo`lgan ko`ngillilar guruhi, COVID-19'ning og`ir shaklidagi 21 kishi, asemptomatik ko`rinishidagi 1 kishi va umuman infeksiya yuqtirmagan 22 kishidan iborat bo`ldi. Prefrontal korteks namunalarini RNK ketma-ketlik texnologiyasi bilan tekshirgan olimlar, COVID-19'ning og`ir ko`rinishini boshdan kechirgan bemorlarda qarish bilan bog`liq genetik ifodasida ortish yuzaga kelganini guvohi bo`ldi. 

Tadqiqot natijalariga ko`ra, immunitet bilan bog`liq gen ifodasi COVID-19'ning og`ir ko`rinishidagi bemorlarda keksalarda bo`lgani kabi kamayadi. Shuningdek, sinaptik faollik, kognitiv funksiyalar va xotira bilan bog`liq genlarning ifodasida keksalardagi kabi kamayish kuzatilgan. 

"DNK zararlanishiga hujayraviy javob, mitoxodrial funksiya, stress va oksidativ stressga javobni tartibga solishi, vezikulyar transport, kalsiy muvozanati va avvalroq miya qarishiga bog`liq deb qaralgan insulin signalizasiyasi/sekresiyasi yo`llarida muhim aloqalarni kuzatdik", deyiladi tadqiqot maqolasida.

    Boshqa yangiliklar