Navoiy viloyatidagi metan “zapravka”da Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 16 dekabr kuni soat 19:25 da Uchquduq tumanidagi metan “zapravka”larning birida yuz bergan.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli Damas'ga haydovchi gaz to`ldirib, chiqib ketayotganida mashinada to`satdan yong`in kelib chiqqan.
Dastlabki o`rganishlarga ko`ra, yong`inga mashinaning texnik nosozligi sabab bo`lgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar va “zapravka” xodimlari yordamida o`chirilgan.
Yong`in oqibatida jarohat olganlar yo`q.






