Bugun, 18 dekabr kuni KXDR Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg`oq qo`riqlash xizmati ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".
Raketalar 25 daqiqa interval bilan uchirilgan. Ularning har ikkisi ham dengizga qulagani aytilmoqda.
Yapon qo`riqlash kemalari mintaqada bo`lib turgan kemalar raketa qoldiqlarini ko`rgan taqdirda darhol rasmiylar bilan bog`lanishni so`ragan.
Bosh vazir Fumio Kisida devonxonasi qoshida ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish shtabi ish boshlagan. Yaponiya mudofaa vazirligi ham hodisani o`rganmoqda.






