"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxandaryo viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho`l xududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






