AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 10-12 daqiqaga qisqarmoqda

'Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 10-12 daqiqaga qisqarmoqda'ning rasmi

Prezident topshirig`iga asosan, so`nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tezkor choralar amalga oshirilyapti.

16-17 dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelindi va yo`nalishga chiqarildi. Natijada yo`nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi.

Shahardagi 148 ta yo`nalishning 34 tasi muammoli ekani aniqlandi. Barcha yo`nalishlarga 200 dan ortiq qo`shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo`nalishdagi muammo bartaraf etildi, biroq aholi ehtiyojlarini to`liq qondirish uchun yana 21 ta  yangi avtobus yo`nalishi shakllantirilishi zarur.

Poytaxtning 8 ta avtobus parklarining 1374 ta transport vositalari to`liq texnik ko`rikdan o`tkazildi, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89 tasi ta`mirlandi.

Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lgan shaxslar ro`yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan oshiq ishga qabul qilindi.

Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar