Moskvada migrantlar orasida meningokokk infeksiyasi tarqalayotgani ma`lum qilindi.
Moskva shahrining bosh sanitar shifokori Elena Andreevaning ta`kidlashicha, Moskvada meningokokk infeksiyasi bilan bog`liq og`ir vaziyat, asosan mehnat muhojirlarida ushbu infeksiya aniqlanmoqda. Uning so`zlariga ko`ra, yoz oyidan buyon kasallanishlar soni ko`paymoqda.
Andreevaning aytishicha, hukumat vaksinani davlat zaxirasidan yuborgan va hozirda birlamchi tibbiy yordam mutaxassislari dala guruhlari bilan migrantlarni emlashmoqda. Shuningdek, shifokor «juda og`ir klinik ko`rinish, o`lim, yuqumli infeksiya» borligini ham ta`kidladi.
«Shaharda meningokokk infeksiyasi bo`yicha qiyin vaziyat hukm surmoqda. Asosan migrantlarda ushbu infeksiya aniqlanmoqda. Mehnat muhojirlari Moskvaga immunitet jihatidan mutlaqo «toza» kelgani va shu sababli ular kasal bo`lishmoqda. Bugun biz shaharni meningokokk infeksiyasi bilan qoplamaslik uchun barcha tayyorgarlik blokini ishlab chiqdik», — dedi Elena Andreeva.
Qayd etilishicha, 2022 yilning o`n oyida mehnat muhojirlari orasida 32 ta kasallik o`chog`i aniqlangan.






