2023 yilda Rossiya yangi hujumlar uyushtiradi, chunki ruslar bundan hech qachon voz kechmagan va qasos olishga tayyor. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy aytib o`tdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Ha, biz Rossiyaning 2023 yilda yangi hujum qilishini yaxshi bilamiz, ularning qasos olish istagini tushunishimiz mumkin. Mamlakatimizga hujum qilish, hududimizni egallash ularning asosiy istagi bo`lib qolmoqda. Ular bu loyihadan hech qachon voz kechishmagan. Lekin savol shundaki, ular bunga qodirmi? Biz esa bunga dosh bera olamiz”, — dedi davlat rahbari.






