Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri 2024 yil Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti turizm poytaxti deya e`lon qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati O`zbekiston raisligida onlayn formatda o`tgan IHT Turizm vazirlarining IV yig`ilishi yakuniga ko`ra ma`lum qildi.
Tadbirda IHTga a`zo davlatlar turizm sohasi rahbarlari tomonidan Shahrisabz shahri 2024 yil Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti turizm poytaxti etib tasdiqlandi.
"Mazkur qarorning qabul qilinishida Shahrisabz shahrining boy tarixi va madaniy merosi, Ipak yo`lida turizmning rivojlanishidagi o`rni va sohani barqaror rivojlantirish salohiyati inobatga olindi. O`z navbatida, Shahrisabzning ushbu maqomni olishini keng miqyosda nishonlash ko`zda tutilgan. Qolaversa, shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo`nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish bo`yicha alohida dastur amalga oshirilishi ko`zda tutilgan", — deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, Shahrisabz 2000 yillik tarixga ega bo`lib, UNESCO’ning Butunjahon merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan






