Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog`larda archalar o`rnatiladi. 25 dekabrdan 5 yanvargacha bu erda bolalar va kattalar uchun ko`ngilochar tadbirlar bo`lib o`tadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi Toshkent aholisi va mehmonlarini bayram sayillariga taklif qiladi. Archa o`rnatilgan manzillar quyidagicha:
Yunusobod tumani:
• shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon
Shayxontohur tumani:
• "Navro`z" bog`i, "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog`i yonida
• Tashkent city bog`i
Mirzo Ulug`bek tumani:
• Central Park (sobiq Telman) bog`i
• "Yangi O`zbekiston" bog`i
• "Lokomotiv" bog`i
Chilonzor tumani:
• G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i
• “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon
Mirobod tumani:
• Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog`i
Bektemir tumani:
• Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
Sergeli tumani:
• "Markaziy xiyobon" bog`i
Yangihayot tumani:
• Index savdo majmuasi.
Olmazor tumani:
• "Beruniy" metro bekati yaqinidagi maydon
Uchtepa tumani:
• "Seul eko" bog`i
Yakkasaroy tumani:
• “NEXT” ko`ngilochar-savdo markazi
Yashnobod tumani:
• Ashxobod bog`i
• “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon






