Xorazm viloyatining Qo`shko`pir tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 13 dekabr kuni soat 13:00 larda Qo`shko`pir tumani Hayrobod qishlog`ida yashovchi 38 yoshli fuqaro "Lacetti" rusumli avtomobilni mast holatda katta tezlikda haydab ketayotib, boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda u yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yo`lning chekka qismida to`xtab turgan "Nexia"dan tushgan 35 yoshli fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda fuqaro olgan tan jarohati oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, mast haydovchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.






