AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi (video)

'Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Damas" yonib ketgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Yakkabog` tumani FV bo`limiga 14 dekabr kuni soat taxminan 17:14 lar atrofida bu haqda xabar kelib tushgan.

Ushbu holat tuman "G`ozliq" MFY hududidan o`tgan "Yakkabog`-Chiroqchi" yo`lidan harakatlanib kelayotgan 2009 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli "Damas" rusumli avtomobilning salon qismida sodir bo`lgan.

Xabarga ko`ra, voqea joyiga 1 ta yong`in qutqaruv bo`linmasi jalb qilinib soat taxminan 17:20 lar atrofida manzilga etib borgan, yong`in soat taxminan 17:22 lar atrofida o`rab olinib, to`liq soat taxminan 17:28 lar atrofida bartaraf etilgan.

Yong`indan hech kim tan jarohati olmagan, hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Ma`lumot o`rnida avtomobil Yakkabog` tumani "Nurafshon" MFY da yashovchi fuqaro 1992 yilda tug`ilgan  S.B boshqaruvida bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar