AsosiyDunyo

Turkiyada portlashi oqibatida 8 nafar polisiyachi jarohat oldi

'Turkiyada portlashi oqibatida 8 nafar polisiyachi jarohat oldi'ning rasmi

Turkiya janubi-sharqidagi Diyarbakir viloyatida juma kuni bomba o`rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida kamida 8 polisiyachi jarohat oldi. Bu haqda NTV telekanali xabar bergan.

Telekompaniya ma`lumotlariga ko`ra, Diyarbakir-Mardin avtoyo`lida polisiya mashinasini kuzatib ketayotganda, masofadan boshqarish moslamasi yordamida yo`l chetida to`xtab turgan mashinada portlovchi moddalar ishga tushirilgan. Favqulodda vaziyat joyiga qo`shimcha xavfsizlik kuchlari jalb qilingan. Hodisa oqibatlari o`rganilmoqda, deya qayd etadi telekanal.

Xabarlarga ko`ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 04:30 atrofida polisiya maxsus kuchlari bo`linmasi bo`lgan xizmat avtobusi ketayotgan Diyarbakirga kiraverishda sodir bo`lgan. Yaradorlar mahalliy shifoxonalarga etkazilgan. Portlash hududi to`sib qo`yilgan, aksilterror operasiyasi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar