"UzAuto Motors"ning xususiylashtirilishini eshitib, qanday qilib ishtirok etishni va mamlakatimiz avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyadoriga aylanishni bilmay turganlar uchun tavsiyalar berildi.
Jett investisiya servisi orqali qog`ozbozliksiz va uydan chiqmasdan "UzAuto Motors" aksiyadoriga aylanish mumkin.
IPOda ishtirok etish uchun:
- Multicard ilovasini yuklab oling va "Investisiyalar" bo`limiga o`ting;
- Onlayn identifikasiya jarayonidan o`ting va brokerlik hisobvarag`ini ochishga ariza bering (ochilgan hisobvarag`ingiz mavjud bo`lsa, uni qo`shishingiz mumkin);
- ️ Hisobingizni istalgan kartadan (UzCard yoki Humo) o`zingiz investisiya kiritishni mo`ljallagan summaga to`ldiring;
- "IPO" bo`limiga o`tib, aksiyalar uchun taklif etilgan summani va ularning sonini ko`rsating.
️Brokerlik hisobvarag`i onlayn tarzda ariza berilganidan so`ng 15 daqiqa davomida birjaning ishlash vaqtida (9:30 dan 16:00 gacha) ochiladi.
Brokerlik hisobini to`ldirish to`lovdan so`ng 30 daqiqa davomida birjaning ishlash vaqtida (9:30 dan 16:00 gacha) amalga oshiriladi.
"IPO"ga arizalar 22 dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.






