Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`li Zamona to`yxonasi qarshisida YTH sodir bo`ldi.
Hodisa yuzasidan poytaxt IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 16 dekabr kuni soat 06:30 larda Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`li Zamona to`yxonasi qarshisida haydovchilar;
1) 1983 yilda tug`ilgan U.U. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yo`lovchi tashuvchi transport vositasi;
2) 1995 yilda tug`ilgan A.E. boshqaruvidagi "Damas" rusumli transport vositalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Yo`l transport hodisaci natijasida "Damas" rusumli transport vositasi haydovchisi A.E. tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
.






