Hindistonning Bixar shtatida qalbaki spirtli ichimlik iste`mol qilish oqibatida kamida 40 kishi halok bo`ldi. Bir necha kishi og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan, deya yozmoqda "Zamon.uz".
O`z navbatida, shtat ma`muriyati aholini hushyor bo`lishga, qalbaki spirtli ichimliklar xarid qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, spirtli ichimlik ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi shaxslarni topish zarurligini ta`kidladi. Oradan ko`p o`tmay, tuman ma`muriyati zarar ko`rgan qishloqlarni kezib, noqonuniy mahsulot ishlab chiqargan shaxslarni topish harakatini boshladi.
Mahalliy OAV xabarlariga ko`ra, o`tgan yili shtatda 100 ga yaqin odam sifatsiz spirtli ichimliklar iste`mol qilish oqibatida vafot etgan.
Hindiston rasmiylari alkogol iste`molini og`ir soliqlar, ya`ni 70 foizgacha yoki uni sotishga cheklovlar qo`yish orqali kamaytirishga harakat qilmoqda.






