AsosiyJamiyat

"O`zbekistonda soqolga hech qanday taqiq yo`q" — IIV

'"O`zbekistonda soqolga hech qanday taqiq yo`q" — IIV'ning rasmi

AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Tadbirda IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov O`zbekistonda soqol qo`yishga taqiqlar qo`yilib, ayrim joylarda reydlar o`tkazilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Fuqarolarning e`tiqodiga hech qanday taqiq yo`q. O`tgan yili "Malika" savdo markazidagi holatga keladigan bo`lsak. U erda jinoyat sodir bo`lgandi. Shu sabab u erdan jinoyatga aloqador bo`lgan shaxslar olib chiqilgan.

O`shanda ham munosabat berganmiz: fuqarolarning huquqlari buzilayotgan bo`lsa, albatta ular shikoyat qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda qadar soqolga qarshi reydlar bo`lmagan. Soqolga hech qanday taqiq yo`q", - deydi Shohrux G`iyosov.

    Boshqa yangiliklar