AsosiyJamiyat

Navoiy va Toshkent viloyatlarida fuqarolar tabiiy gazga yashirin tarzda ulanib olgani aniqlandi

'Navoiy va Toshkent viloyatlarida fuqarolar tabiiy gazga yashirin tarzda ulanib olgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro Yu.X. o`z xonadonidagi Issiqxonani tabiiy gaz quvuriga o`g`rilik yo`li bilan yashirincha ulab, 592,1 ming kub tabiiy gazni noqonuniy iste`mol qilib kelgani aniqlandi.

Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 561,2 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.  

Shu kabi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "G`oyibon" mahallasida yashovchi Z.S. tabiiy gaz tarmog`iga er ostidan rezina quvur orqali yashirin ulanib olib, davlat ro`yxatidan o`tmasdan metall eritish faoliyati bilan shug`ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 244,1 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar