AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”: Ustyurt regionidagi konlarda gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar holati o`rganilmoqda

'“O`zbekneftgaz”: Ustyurt regionidagi konlarda gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar holati o`rganilmoqda'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari konlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o`rganish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo`ldi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Havo haroratining keskin pasayib, joylarda -20 darajagacha tushib ketishi, buning oqibatida ob`ektlarning texnologik jarayonlarida kelib chiqayotgan muzlab qolish holatlariga qaramasdan uglevodorodlar zaxiralarini ko`paytirish, konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish hamda texnologik ob`ektlarni ishga tushirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijrosi hamda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar joyida o`rganildi.

Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o`stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg`ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli izlov qidiruv qudug`ini burg`ilash jarayonlari bilan tanishib chiqildi.

“Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 10, 114 va 117-sonli, “Sharqiy Berdax” konidagi 97-, “Sharqiy Berdax” konidagi 7, 32, 33, 58, 69 va 75-sonli quduqlarida bajarilayotgan burg`ilash va kapital ta`mirlash ishlari joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.

O`rganishlar davomida ushbu tadbirlarni bajarayotgan pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilinib “O`zbekneftgaz” AJ departamentlari va Ustyurt boshqarmasining, shuning pudratchi tashkilotlarning rahbar va xodimlariga quduqlarni o`z vaqtida ishga tushirish bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Dekabr oyining o`tkan 14 kunida Ustyurt boshqarmasi bo`yicha jami 3 ta, shulardan 2 ta yangi - “Quyi Sharqiy Berdax” 4 va 10-sonli quduqlar burg`ilash ishlaridan va yana 1 ta - “Quyi Surgil” 21-sonli qudug`i kapital ta`mirlash ishlaridan so`ng ishga tushirilib, natijada kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 700 ming kub metrga ko`paytirishga erishildi.

“O`zbekneftgaz” AJ belgilangan geologo-texnik tadbirlarni samarali amalga oshirish orqali 2022 yil yakuniga qadar jami 6 ta quduqni burg`ilash va kapital ta`mirlash ishlaridan ishga tushirish natijasida kunlik gaz qazib chiqarishni yana 1,0 mln. kub metrga oshirish bo`yicha ishlar jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar