"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugun, 16 dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha Yunusobod tumanining "Kulol-qorg`on" va "Bobodehqon" MFYlari hamda Yunusobod 12, 15 hamda 16-mavzelaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatiladi.
Tuman hududida joylashgan 110/35/10 kV bolgan yuqori kuchlanishli "Yunusobod" podstansiyasidan chiquvchi fider "Obod-1", "Obod-2" uzatmasidan taminlanuvchi vaqtincha kotarib qoyilgan yuqori kuchlanishli magistral havo elektr uzatish tarmogini ta]mirlash montaj ishlari olib boriladi.
Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik to`xtatiladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.






