AsosiyDunyo

"Tolibon” Pokiston askarlari va tinch aholiga qarata o`t ochdi (video)

'"Tolibon” Pokiston askarlari va tinch aholiga qarata o`t ochdi (video)'ning rasmi

Afg`oniston – Pokiston chegarasida “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg`oniston qurolli kuchlari askarlari va Pokiston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi. Bu haqda Tass.ru xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Pokiston bilan chegaradosh Qandahor viloyatining Spin Boldak tumanidagi Tolibon qurolli kuchlari qo`mondoni Muhammad Hoshim Mahmudga ko`ra, tomonlar to`qnashuvlarni to`xtatish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda. Mahmud voqeaning qo`shimcha tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Afg`oniston-Pokiston chegarasida so`nggi hodisa 11 dekabr kuni Spin-Boldak-Chaman o`tkazish punkti yaqinida sodir bo`lgan. OAV ma`lumotlariga ko`ra, bunga bir guruh afg`onlarning Pokiston tomonidan qurilgan chegara to`siqlarining bir qismini buzishga urinishi sabab bo`lgan. Shundan so`ng afg`on chegarachilari Pokiston hududiga minomyotdan o`q uzgan, natijada 6 kishi halok bo`lgan, 17 nafar tinch aholi vakillari yaralangan. Otishma paytida bir pokistonlik askar ham halok bo`lgan. Pokiston qurolli kuchlari javob o`qi uzgan. Respublika Mudofaa vazirligi rahbarining so`zlariga ko`ra, otishma natijasida kamida sakkiz nafar afg`on askari halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar