AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev "AI-80" benzini narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan imtiyoz joylarda “o`yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat`iy ta`kidladi

'Shavkat Mirziyoev "AI-80"  benzini narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan  imtiyoz joylarda “o`yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat`iy ta`kidladi'ning rasmi

Viloyat hokimlariga o`n kun muddatda ushbu ob`ektlarga birma-bir borib ko`rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo`qotishlarni kamaytirish bo`yicha taklif berish topshirildi. Bu haqda  Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og`ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug`ullanishi kerakligi ta`kidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o`g`irliklar bo`yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

“Umuman, energiya resurslari ta`minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo`lishi lozim.

Energiya ta`minoti “qo`l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.

Ikki oy muddatda energiya ta`minoti tizimini o`zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo`yildi.  

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig`idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o`yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat`iy ko`rsatib o`tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo`mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

- birja savdolarida va yoqilg`i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun`iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko`rib borish;

- suyultirilgan gaz va ko`mirni aholiga o`z vaqtida etkazib berish ustidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar