Prezident raisligidagi yi-ilish davom etar ekan davlat rahbari quyidagi achinarli holatga to`xtaldi, deya xabar beradi Matbuot kotibi.
“Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo`yicha xulosalarimni qildim. Ichki ko`chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?” – davom etdi Prezident.
Hududlarga so`nggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning o`zida 12 trillion so`m berilgani ko`rsatib o`tildi.
Tuman hokimining 6-7 nafar o`rinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.
Yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi o`rinbosari A.Ramatov, "O`zbekneftgaz" raisi M.Abdullaev, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abduraxmanov, "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" raisi D.Isakulov, "Hududiy elektr tarmoqlari" raisi U.Mustafoev, "O`ztransgaz" raisi B.Normatov, "Hududgazta`minot" raisi B.Eshmurodovga "hayfsan" berildi.
"Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to`g`ri tushunib, norozi bo`lmas edi", dedi Prezident.
Bosh vazirning birinchi o`rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.






