Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Yig`ilish avvalida davlatimiz rahbari so`nggi kunlarda aholimizni qiynayotgan energiya ta`minoti masalasiga to`xtalib o`tdi.
Oxirgi olti yilda sohada katta o`zgarishlar bo`lgani, jumladan:
- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yo`g`i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);
- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko`p);
- suyultirilgan gaz va ko`mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta`kidlandi.
“Lekin bir hafta bo`lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullaev, F.Abduraxmanov, D.Isakulov, U.Mustafoev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko`rinib qoldi.
Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi, shuncha qilayotgan islohotlarimizni obro`sizlantirdi.
Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi”, - dedi Prezident.






