AsosiyJamiyat

Andijonda 14 yoshli bola otasining “Matiz”ida YTH sodir etdi

'Andijonda 14 yoshli bola otasining “Matiz”ida YTH sodir etdi'ning rasmi

Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 22:30 atrofida otasiga tegishli bo`lgan Matiz avtomashinasini haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan 14 yoshli bola ko`chaga haydab chiqib ketgan.

Katta tezlikda avtomobilni boshqarib ketayotgan bolakay avtomobilning rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`l chetida turgan yuk avtomashinasining o`ng tomon qismiga borib urilgan.

Ushbu YTH natijasida yo`lovchi sifatida ketayotgan 14 yoshli maktab o`quvchisi halok bo`lgan. Avtomashinani boshqargan voyaga etmagan bola tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Dadamning avtomobilini minishga qiziqqanligim sababli uni katta ko`chaga olib chiqib boshqargandim", — dedi avtomashinani boshqargan bola.

    Boshqa yangiliklar