AsosiyJamiyat

Buxoroda 72 yoshli erkak o`zgani "qamatib yuborish" bilan qo`rqitib, pul talab qilgani aniqlandi

'Buxoroda 72 yoshli erkak o`zgani "qamatib yuborish" bilan qo`rqitib, pul talab qilgani aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida Peshku tumanida o`zgani qamatib yuborish bilan qo`rqitib, tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, "Navgahon" mahallasida yashovchi 72 yoshli E.R. ismli erkak 7 dekabr kuni Romitan tumani "Qoqishtuvon" mahallasida yashovchi 25 yoshli fuqaroning harakatlaridan norozi bo`lib, tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so`ng uni qamatib yuborishini aytib qo`rqitib, arizasini qaytarib olish evaziga 30 million so`m berishini talab qilgan.

Buxoro viloyati IIB Jinoyat-qidiruv bo`limi hamda Peshku tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkzilgan tezkor tadbirda fuqaro E.R. o`zaro kelishuvga asosan 17,75 million so`m naqd pullarni tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar