AsosiyJamiyat

​​WizzAir aviakompaniyasi ilk bor Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi

'​​WizzAir aviakompaniyasi ilk bor Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

13 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:29 da Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. 

O`zbekistonga yangi: Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi parvoz yo`nalishini ochgan AirBus A321 neo samolyoti an`anaga ko`ra suv arkasi, ekipaj a`zolari va 141 nafar yo`lovchi karnay-surnay sadolari bilan kutib olindi.

To`g`ridan-to`g`ri muntazam reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2023 yilning 25 yanvaridan boshlab WizzAir Toshkent aeroportiga haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni boshlashni rejalashtirgan.

WizzAir — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo`lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda (Vengriya) joylashgan.

    Boshqa yangiliklar