Joriy yil 16 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenining er usti halqa yo`lida poezd harakati 23:00 dan keyin cheklanadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 16 dekabr sanasidan metro temir yo`llarida bajarilishi lozim bo`lgan texnik ishlar hamda o`rnatilgan qurilmalarni texnik ko`rikdan o`tkazish maqsadida metropolitenning "Er usti halqa yo`li" yo`nalishida poezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo`lovchilardan uzr so`raymiz”, deyiladi metropoliten xabarida.
Qayd etilishicha, texnik ishlar yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.






