AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi" — Shavkat Mirziyoev

'"O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi" — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yig`ilish davom etmoqda.

Davlat rahbari "O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasini isloh qilish kerakligi haqida gapirib o`tdi. 

"Uzoq yillar davomida ko`plab sohalar qatorida havo yo`llarimiz bo`yicha ham samarali ishlay olmadik. Endi esa "O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi. Kompaniya erkin, ochiq va raqobatbardosh bo`lishi kerak", — dedi prezident. 

Shavkat Mirziyoev bugungi kunda kompaniyaning aviaparkida 30 ga yaqin samolyot borligini aytdi. 

"Samolyotlar sonini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni arzonlashtirish kerak. Shuningdek, xalqaro yo`nalishlarda ham raqobatbardosh bo`lish lozim. Havo yo`llari xalqimiz kutgandek arzon va xavfsiz aviakompaniya tashkil etiladi", — deydi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar