AsosiyJamiyat

Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo`yicha topshiriq berdim — Shavkat Mirziyoev

'Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo`yicha topshiriq berdim — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yig`ilish o`tkazmoqda.

Davlat rahbari poytaxtdagi transport tizimini isloh qilish hamisha diqqat markazda ekanligini aytdi. 

"Bugun bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo`yicha topshiriq berdim. Jamoat transportini isloh qilishimiz zarur. Yutuqlar bilan birga, kamchiliklarimiz ham juda ko`p", — dedi prezident. 

Prezident hech bir viloyatga Toshkent shahrichalik imkoniyatlar qilib bermaganini aytdi. 

"Yangi metro liniyalari qurmaganimizda nima bo`lardi? Sergeliga yangi yo`l qurmaganimizda, tirbandlik qay ahvolga kelardi? Albatta, tirbandlik bo`lardi", — deya qo`shimcha qildi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar