AsosiyJamiyat

Bugun soat 00.00 dan boshlab AYoQShlarda AI 80 benzini 5700 so`mdan sotilishni boshlaydi

'Bugun soat 00.00 dan boshlab AYoQShlarda AI 80 benzini 5700 so`mdan sotilishni boshlaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig`idan ozod qilish bo`yicha” QARORI qabul qilindi.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan yakuniy iste`molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig`ini “nol” stavkada qo`llash.
  • Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan o`rtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, aksiz solig`ining vaqtincha qo`llanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd so`m mablag` qoladi.

  •  2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar “O`zneftgazinspeksiya” va “O`zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik sub`ektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.
  •  Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o`tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo`yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo`qotishlariga va talon-tarojliklarga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo`llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste`molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini o`z vaqtida ta`minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.

 

    Boshqa yangiliklar