Bugun, 12 dekabr kuni soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “O`rda” MFY Paxtakor ko`chasida joylashgan “Ilhom” teatri binosida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida teatr binosining 1-qavat xollining 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yong`indan binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yonin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






