Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas`ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o`tkazilgan tezkor reyd tadbirida Boysun davlat o`rmon xo`jaligi Machay o`rmon bo`limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas`uliyatni suiste`mol qilishi natijasida noqonuniy daraxt kesilishi holati sodir etilgan.
Viloyat Ekoboshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Machay o`rmon bo`limining 5-aylanma 17-kvartalining "Etimtol" va "Almali" massivlarida mavjud bo`lgan "Zarafshon" archa, "Shumtol", "Uchqad", "Zarang" kabi jami 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlangan.
"Bu bilan "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 560 mln 550 ming so`m miqdordagi o`simlik dunyosiga zarar etkazilgan.
Ushbu holat yuzasidan to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi", deyiladi boshqarma xabarida.






