Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Chiyali shifoxonasida chaqaloqlar muzlamoqda" sarlavhali xabarlar tarqaldi. Mazkur holat viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari tomonidan o`rganildi.
Ko`kdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali bo`linmasi, ya`ni qishloq uchastka shifoxonasida 2022 yil 11 dekabr kuni soat 03:30 da elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik ta`minotida uzilish bo`lmagan.
Shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli bo`lgan, 11 dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalog`i bilan Ko`kdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga ko`chirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan
Ayni paytda shifoxonada elektr ta`minoti tiklandi. Muassasa qo`shimcha elektr generatori bilan ta`minlandi.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.
11.12.2022 16:25
Chiroqchidagi shifoxonada chaqaloqlar sovuqda qoldimi? SSV izoh berdi






