AQSh hukumati Turkiyadan zudlik bilan Bosfor bo`g`ozida qo`lga olingan Qozog`iston nefti bo`lgan tankerlarni o`tkazib yuborishni talab qildi, deya xabar bergan Dengizchilik boshqarmasi.
Ma`lum bo`lishicha, Turkiya hukumati Rossiya va Qozog`iston nefti bo`lgan tankerlar uchun qo`shimcha sug`urta kafolatlarini talab qilgan. Natijada 20 dan ortiq kema hibsga olingan.
G`aznachilik vaziri Janet Ellenning aytishicha, Amerika tomoni Turkiya hukumatiga Qozog`iston nefti Rossiya neftiga kiritilgan cheklovlarga duchor bo`lmagani va bu tankerlarni hibsga olishga asos yo`qligini tushuntirgan.
G`arb dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftini sotib olishni taqiqlab qo`ydi va boshqa etkazib berishlarga bir barrel uchun 60 dollardan narx chegarasini belgiladi.
Ukrainadagi urush butun dunyo bo`ylab tartibsizliklarga olib keldi. Jumladan oziq-ovqat va energiya narxlari ko`tarilmoqda, juda ko`p miqdordagi tovarlarni etkazib berish zanjirlari buzildi.
Global dunyo - tarmoq parchalana boshladi va bu ayniqsa Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga ta`sir ko`rsatmoqda.






