AsosiyJamiyat

Guliston shahridagi do`konlardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Guliston shahridagi do`konlardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugun, 10 dekabr kuni soat 19:23 da Sirdaryo viloyati Guliston shahar 4-mavzeda joylashgan oziq-ovqat do`konining omborxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 19:27 da qurshab olingan va soat 19:30 da o`chirilgan. 

Yong`in natijasida do`kon omborxonasining taxminan 30 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. 

Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar