AsosiyJamiyat

Chirchiqda bozorqo`m non sotuvchi ayol va uning o`g`li bilan janjallashdi

'Chirchiqda bozorqo`m non sotuvchi ayol va uning o`g`li bilan janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiqda bozorqo`m odamlar noroziligi va nafratini uyg`otmoqda” izohi bilan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi nazoratida Chirchiq shahri IIB tomonidan o`rganildi.

Aniqlanishicha, jarayonda ishtirok etgan 56 yoshli fuqaro T.T. (1-kichik nohiya dehqon bozori ma`muriyati boshlig`i) shu bozorda non sotuvchi ayol va uning 22 yoshli o`g`li bilan ular non rastasidan tashqarida savdo qilayotgani uchun tortishgan va bu voqea janjalga aylangan.

Videolavhada bozor rahbarining fuqarolarni haqoratlab so`kkani, ayol ham unga javoban haqoratli so`zlar ishlatganini ko`rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan ishtirokchilarning harakatlarida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun sudga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar