AsosiyJamiyat

Prokurorning manfaati bormi, noqonuniy ulanishga - Sardor Umurzakov

'Prokurorning manfaati bormi, noqonuniy ulanishga - Sardor Umurzakov'ning rasmi

Toshkent viloyati prokurori Prezident Administrasiyasidan noqonuniy gazga ulangan g`isht zavodni tarmoqdan uzmaslikni so`ragan. Bu haqda Administrasiya rahbari Sardor Umurzakov aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta`minlash bo`yicha Respublika shtabining navbatdagi yig`ilishida ma`lum qildi

Yig`ilishda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan bo`lishiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchrayotgani jiddiy tanqid ostiga olindi.

”Mana, masalan, Olmaliqdagi g`isht zavod gaz hisoblagichlardagi onlayn modemni uzib, ko`rsatkichni «nol» qilib qo`yib, gaz tarmog`iga noqonuniy ulangan. Eng qizig`i, ushbu holat aniqlangach, viloyat prokurori Prezident Administrasiyasi mas`ullaridan shu zavodni tarmoqdan uzmaslikni so`ragan. Prokurorning manfaati bormi, bunday noqonuniy ulanishga?”, - dedi Sardor Umurzakov.

Administrasiya rahbarining ta`kidlashicha, ushbu zavod egalarining Angrenda ham zavodi bo`lgan. Bosh vazir o`rinbosari Jo`rabek Mirzamahmudov boshchiligadagi komissiya Olmaliqqa kelganini eshitib, darrov Angrendagi zavodini yopishgan. Agar Angrendagi zavodda ham qonunbuzilish holati aniqlansa, bu bo`yicha ham alohida ish qo`zg`atilishi ma`lum qilindi.

”Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo`ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo`q, tadbirkor bilan til biriktirgan bo`lsa, javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, kamida hudud rahbarlarining beparvoligi masalasi ham ko`rib chiqiladi”, — dedi Administrasiya rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar