O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev tabiiy gaz importi bo`yicha muhokama qilinayotgan savollarga javob berdi.
"Agarda etarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo`lga qo`yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida etarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarib, iste`molchilar to`liq ta`minlanadi. Aholi xonadonlaridagi gaz bosimi bilan bog`liq muammolar ham echiladi.
Metan gaz quyish shoxobchalariga keladigan bo`lsak, aholi gaz tarmoqlariga ulangan shoxobchalar baribir ma`lum grafik asosida ishlashi kerak, sababi — sovuq kunlarda kechki payt ovqat pishirish jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi lozim. Ammo sanoat kollektorlari orqali alohida quvur tortib kelgan shoxobchalarning uzluksiz ishlashini ta`minlash mumkin",–dedi vazir o`rinbosari.






