Qozog`iston Mudofaa vazirligi Rossiyaga tanklar o`tkazilishi haqida avval tarqalgan soxta ma`lumotlarni inkor qildi. Bu haqda Respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ko`magida yaratilgan “Stopfake.kz” portali xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota vokzalidagi temir yo`l relslarida jangovar mashinalar turgani aks etgan video paydo bo`lgan edi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota temir yo`l vokzalidan zirhli texnikalar olib o`tilayotgani aks etgan video e`lon qilinganligi haqida ma`lum qilamizki, zirhli mashinalar kapital ta`mirdan so`ng Qozog`iston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlariga keyingi ekspluatasiya qilish uchun jo`natilgan”, deyiladi xabarda.






