Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, tuman tibbiyot birlashmasi koordinatori N.E. joriy yilning noyabr oyida birlashmaga qarashli oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarining 9 nafar xodimining ko`rsatkich reyting ballari pastlab ketganligi, ularning reyting ballarini viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi orqali ko`tarib berish evaziga jami 11,4 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






