Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida 2022 yil 9 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi.
Shundan:
- Erkaklar – 18,1 mln. kishi
- ️Ayollar – 17,9 mln. kishi
2022 yilning noyabr oyida respublika bo`yicha 83 197 ta tirik tug`ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
O`zbekiston Respublikasi aholi soni bo`yicha mamlakatlar o`rtasida 41 o`rinda qayd etilgan.






