Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Shayhontoxur tumanida portlash bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
FVVning ma`lum qilishicha, bugun, 9 dekabr kuni soat 06:00 da Toshkent shahar Shoyxantoxur tumani “Ko`kcha” MFY G.Uzoqov ko`chasida joylashgan savdo do`konlarining birida yong`in sodir bo`lgan. 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 06:09 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 06:16 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida 20 kv.m maydonda engil konstruksiyadan qurilgan oziq-ovqat do`koni yonib zararlangan. Voqea joyida hech qanday portlash xolatlari ro`y bo`lmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






