AsosiyJinoyat

Andijonda erkak 24 yoshli xotinini urib o`ldirdi

'Andijonda erkak 24 yoshli xotinini urib o`ldirdi'ning rasmi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 24 yoshli ayolning jasadi o`z xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Darakchi.uz’ga xabar berdi.

Ma`lum qilishinicha, qotillik 5 dekabr kuni kuni tumanning "Arg`in" mahallasida sodir bo`lgan. 

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov harakatlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur qotillik jinoyati marhumaning turmush o`rtog`i Ch.B. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Fuqaro Ch.B. 5 dekabr kuni soat 11:40 larda o`z uyida turmush o`rtog`i D.B. bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli o`zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida uning yuz va bosh qismlariga obdasta bilan bir necha marotaba qasddan urib o`ldirgan. Obdastadagi qon dog`larini yuvib, tozalab, so`ngra uyidan chiqib ketgan. 

 29 yoshli erkak Shahrixon tumani hududida qurilishi bitmagan binoda yashirinib, 7 dekabr kuniga o`tar kechasi soat 03:30 larda o`z uyiga qaytgan vaqtida ushlangan.

Oilaning ikki nafar farzandi bor.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar