Energetika vazirligi huzuridagi "Neftgazinspeksiya"ning ma`lum qilishicha, O`zbekistondagi 2 000 dan ziyod benzin AYoQShlarga kuniga o`rtacha 3 200 tonna benzin o`rniga 4000 tonnadan ziyod benzin etkazib berilmoqda.
Qayd etilishicha, gaz to`ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi.
Olib borilgan o`rganishlarda, 299 ta AYoQShlarda narxni asossiz oshirganligi, mahsulot sifatini buzganligi sababli, ularga avtobenzin etkazib berish to`xtatildi.
Bundan tashqari 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi.
"Iste`molchilar kunlik extiyojidan 3-4 barobar oshiqcha avtobenzin sotib olayotganligi sababli zapravkalarda ham ma`lum vaqt avtobenzin uzilishiga sabab bo`lmoqda.
Kamchilikka yo`l qo`yganlar tadbirkorlarni qat`iy ogohlashtiramiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni so`raymiz", — deyiladi inspeksiya bayonotida.






