AsosiyJamiyat

⚡️Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYoQShga benzin etkazib berish to`xtatildi

'⚡️Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYoQShga benzin etkazib berish to`xtatildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi AYoQShlarda  AI-80 benzin 8 ming so`mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi "Neftgazinspeksiya" bayonot berdi. 

Qayd etilishicha, holat o`rganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYoQSh haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.

"Benzin narxini sun`iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYoQShga avtobenzin etkazib berish to`xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko`rsatma berildi", deyiladi inspesiya bayonotida.

    Boshqa yangiliklar