AsosiyJamiyat

Noyabr oyida O`zbekistonda qancha nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani ma`lum qilindi

'Noyabr oyida O`zbekistonda qancha nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning noyabr oyida respublika bo`yicha 4 123 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. 
 Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 959 taga ko`paygan. 
 Hududlar kesimida ajralishlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 192 ta  
— Andijon viloyati – 486 ta 
— Buxoro viloyati – 206 ta 
— Jizzax viloyati – 178 ta  
— Qashqadaryo viloyati – 272 ta
— Navoiy viloyati – 129 ta  
— Namangan viloyati – 366 ta  
— Samarqand viloyati – 385 ta 
— Surxondaryo viloyati – 268 ta 
— Sirdaryo viloyati – 154 ta
— Toshkent viloyati – 448 ta 
— Farg`ona viloyati – 528 ta  
— Xorazm viloyati – 227 ta 
— Toshkent shahri – 558 ta

    Boshqa yangiliklar