AsosiyJamiyat

Fuqarolar Konstitusiyada qanday huquqlari belgilab qo`yilganidan qanchalik xabardor? (video)

'Fuqarolar Konstitusiyada qanday huquqlari belgilab qo`yilganidan qanchalik xabardor? (video)'ning rasmi

Bugun 8 dekabr — O`zbekiston Respublikasi konstitusiyasining qabul qilinganiga 30 to`ldi. Unda O`zbekiston fuqarolarining eng muhim huquq va majburiyatlari belgilab qo`yilgan. 

Xo`sh, fuqarolar Konstitusiyada qanday huquqlari belgilab qo`yilganidan qanchalik xabardor? Odamlar bosh qomus haqida nimalarni biladi? "Darakchi.uz" odamlarning Konstitusiya haqidagi bilimlari bilan qiziqdi.  

So`rovnoma davomida turli javoblar aytildi. Maktab o`quvchilari "Har birimiz bepul ta`lim olish huquqiga egamiz. Bu 41-moddada keltirilgan", deyishsa, ba`zilar "Barchamiz o`z fikrimizni erkin ifodalash huquqiga egamiz", deydi.

Bundan tashqari so`rovnomada "Hech narsani bilmayman" deganlar ham uchradi. Batafsil fikrlar bilan quyidagi video orqali tanishish mumkin.

Ma`lumot uchun, ushbu video kimnidir obro`sizlantirish maqsadida emas, eksperiment uchun olindi. Zero, o`z huquq va majburiyatlarimizni yaxshi bilish, foydadan holi emas.

    Boshqa yangiliklar