AsosiyJamiyat

Andijondan Xiva, Termiz va Qo`ng`irotga qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Andijondan Xiva, Termiz va Qo`ng`irotga qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Davlatimizda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hamyurtlarimiz va xorijiy turistlarning temir yo`l tashuvlariga bo`lgan talablarini qondirish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi.

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, poezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanishni boshlaydi:

"Andijon — Xiva — Andijon" yo`nalishi:

126-sonli "Andijon — Xiva" yo`nalishi 2022 yilning 12 dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 08:28 — Xiva 06:58

125-sonli "Xiva — Andijon" yo`nalishi 2022 yilning 13 dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Xiva 08:28 — Andijon 06:56

"Andijon — Termiz — Andijon" yo`nalishi:

129-sonli "Termiz — Andijon" yo`nalishi 2022 yilning 12 dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Termiz 15:25 — Andijon 12:56

130-sonli "Andijon —Termiz" yo`nalishi 2022 yilning 13 dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 14:28 — Termiz 11:27

"Qo`ng`irot — Andijon — Qo`ng`irot" yo`nalishi:

128-sonli "Andijon — Qo`ng`irot" yo`nalishi 2022 yilning 11 dekabr kunidan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qo`ng`irot  18:22

127 sonli "Qo`ng`irot — Andijon" yo`nalishi 2022 yilning 13 dekabr kunidan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Qo`ng`irot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27

Chiptalarni nafaqat temir yo`l kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

    Boshqa yangiliklar